Siyosiy voqealarning aks-sadolari kompyuter ishqibozlariga ham yetib boradi. Natijada quyidagi namunadagi latifalar tugʻiladi: "Yelsin Bill Geytsga qoʻngʻiroq qilib deydi: — Billi, yordam ber! Nima qilay? Mamlakatda — dahshat, shunday inqiroz... — (Familiya tushirib qoldirilgan)ni qayta oʻrnatib koʻrdingizmi? — Koʻrdim! Yordam bermayapti. — Unda bilmadim..." Tushirib qoldirilgan familiyani ayting.