Karavajoning janrli suratlaridan biri qizil rang ustunlik qiladigan qorongʻu koloridda ishlangan. Surat markazida oʻtirgan odam qattiq azob chekmoqda. Yoʻqotish dardi uning yuzini qiyshaytirib yuborgan. Yon tarafdagi bir necha kishi unga hamdardlik va qandaydir qiziqish bilan, goʻyo uning oʻrnida nimalarni his qilishlarini oʻylayotgandek qarab turishibdi. Faqat suratning asosiy qahramoni oʻzini ishonchli his qilmoqda. U chap qoʻlini azob chekayotgan odamning yelkasiga goʻyo uni tinchlantirayotgandek qoʻygan, oʻng qoʻli bilan esa — oʻng qoʻli bilan faqat bitta harakat qilish qoldi va hammasi tugaydi. Suratning asosiy qahramoni oʻng qoʻli bilan nima qilmoqda?