Marina va Sergey Dyachenko "Bastard" qissasida shunday vaziyatni tasvirlashadi: sehrlangan oʻrmonga tushib qolgan qahramonlarni sariq bulut — Jeltomara quva boshlaydi. Yoʻl-yoʻlakay u uchib oʻtayotgan zagʻizgʻonni yutib yuboradi, keyin tosh ustida turgan yumronqoziq ustiga tushadi. Yonidan sirgʻalib oʻtgan ilonga eʼtibor bermay, bulut shiddat bilan odamlarga yaqinlasha boshlaydi... Shu payt ulardan birining kallasiga fikr keladi! Ularda muhokama uchun vaqt yoʻq edi, shunga qaramay ular qutulib qolishadi, bulut esa yoʻq qilinadi. Siz ham qahramonlar qutulish uchun nima qilganini topishga harakat qiling.
Ular olov yoqishdi ("olov" soʻzi qatnashgan barcha javoblar qabul qilinadi).