Aytishlaricha, yapon imperatorining bir saroy ayoni shoira Komatini obroʻsizlantirishga qaror qilib, uning yaqinda yozgan sheʼrini qadimiy sheʼriy toʻplamga yozib qoʻyadi — goʻyoki sheʼr oʻgʻirlangan emish! Agar uning oʻrnida ruhi zaifroq zamondoshimiz boʻlganida, ehtimol, yigʻlab yuborgan boʻlardi... Ammo shoira qoʻlining bir harakati bilan hasadgoʻyning ayblovlarini rad etdi. Qizigʻi shundaki, zukko Komatining harakati natijasini ham, zamondoshimizning stress holatidagi natijasini ham bir xil — ikki soʻz bilan tasvirlash mumkin. Oʻsha soʻzlarni yozing.