AQSHdagi fuqarolar urushi haqida muqobil tarix janrida yozilgan romanlardan birida xorijiy eskadraning konfederatlar portiga tashrifi haqida hikoya qilinadi. Roman muallifi ushbu eskadra dengizchilarining mundirlari haqida gapirar ekan, ularning tikilgan joyini Virjiniyadagi Pitersberg, Pensilvaniyadagi Pittsburg yoki Missisipidagi chekka shaharcha bilan adashtirmaslik kerakligini taʼkidlaydi. Ushbu eskadra qaysi davlatga tegishli boʻlganini ayting.