Malay arxipelagida bir vaqtlar quyidagi manzarani koʻrish mumkin edi. Mahalliy aholi biror idishni suv bilan toʻldiradi, soʻng boʻsh kokos yongʻogʻini olib, unda kichkina teshik ochadi va suv ustiga qoʻyadi. Suv sekin-asta yongʻoq ichiga kiradi va u toʻlgach, tubiga choʻkadi. Shunda mahalliy aholidan biri butun qishloqni aylanib chiqib, baland ovozda eʼlon qiladi... Nimani?
Soat necha boʻlganini — vaqt shu tarzda oʻlchangan.