Ilgari Suvga choʻmish bayramida (Kresheniye) suv bilan bogʻliq turli oʻyinlar, tanlovlar va topishmoqlar oʻtkazilgan. Ulardan baʼzilari bizgacha yetib kelgan. Masalan, ogʻzi yopiq shishadan qanday qilib suv ichish mumkin? Shishani toʻntarib, tubidagi chuqurchaga suv quyib ichish kerak. Yoki, ikki stakan ustida turgan qogʻoz varagʻiga qanday qilib bir stakan suvni qoʻyish mumkin? Qogʻozni garmoshka shaklida buklash kerak, shunda u stakanni koʻtaradi. Sizga esa quyidagi vazifani hal qilish taklif etiladi: bir stakan suvni xonada ham emas, tashqarida ham emas, tik turib ham emas, yotib ham emas, ketayotib ham emas, qanday qilib ichish mumkin?
Ostonada turib, oyoqlar bilan bir kesakiga (eshik romiga), orqa bilan ikkinchisiga tayanib turish kerak. Bu holatda turish vaqti bir stakan suv ichishga bemalol yetadi.