Ayzek Azimov turkumning so‘nggi hikoyalaridan birida butun insoniyat manfaatlari alohida bir inson manfaatlaridan ustunroq degan fikrni bildiradi. Turkum davomining mualliflari esa yanada uzoqroqqa borib, aql manfaatlari insoniyat manfaatlaridan ustunroq ekanini ta’kidlaydilar. Bunda ular robototexnikaning birinchi qonunini shakllantirdilar. Savolning oldingi jumlasida qaysi so‘zni tushirib qoldirdik?