Qadimgi yunon afsonalaridan biriga koʻra, bu xudo Afroditaning tugʻilgan kunida mast moʻl-koʻlchilik xudosi Poros va qashshoqlik maʼbudasi Peniyadan bino boʻlgan. Onasining oʻgʻli sifatida u xunuk, qoʻpol, tartibsiz va jilovsiz, ayyor va doimo fitna uyushtiradi. Otasining oʻgʻli sifatida esa u xunukligiga qaramay jasur, kuchli va goʻzallikka intiladi. Sokrat uni oʻziga oʻxshatgan. Xoʻsh, ushbu gʻayritabiiy tavsifda kim haqida gap bormoqda?