Oshima orolida o‘z joniga qasd qiluvchilar hayot bilan vidolashishni yaxshi ko‘rgan davrlar bo‘lgan. Butun Yaponiyadan paroxodlarda u yerga o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lganlar kelishgan. Oshima oroli ma’murlari o‘z joniga qasd qiluvchilarni to‘xtata olmasa ham, hech bo‘lmaganda ularni oddiy turistlar orasidan ajratib olish uchun nima o‘ylab topishgan?
Orolga borishda chiptalarni faqat borish-kelish (ikki tomonga) shaklida sotib olishni majburiy qilib qo‘yishgan.