Vavilon afsonasiga koʻra, unumdorlik va momaqaldiroq xudosi Baal oʻziga uy qurishga qaror qilganida, hunarmandchilik xudosi unga uyning ikkita loyihasini taklif qiladi. Birinchi loyiha klassik Vavilon shaharsozlik qoidalariga muvofiq tayyorlangan va shu sababli maksimal xavfsizlikni taʼminlagan. Ikkinchi loyiha esa meʼmorchilikdagi yangi yoʻnalishlar ruhida yaratilgan edi. Baal oʻziga ikkinchi loyiha boʻyicha uy quradi. Bu unga baʼzi vazifalarini uydan chiqmasdan bajarish imkonini beradi. Qaysi yangilik tufayli bu imkoniyat paydo boʻldi?