Turli tadqiqotlarga koʻra, bu modda sil bakteriyalari uchun halokatli, qon tomirlari oʻsishini ragʻbatlantiradi, yurak ishemik kasalligi bor bemorlarga yordam beradi, bilish va eslab qolish jarayonlarini tezlashtiradi. Bu moddaning keng tarqalgan manbai — pushti yoki qizil gulli ituzumdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklardir. Ryunoske Akutagava esa Yaponiyaga bu oʻsimlikni ispanlar yoki portugallar emas, balki iblis olib kelgan deb yozgan. Ushbu oʻsimlikni ayting.