Bir kuni amerikalik yozuvchi Deyv Eggers jismoniy tarbiya oʻqituvchisidan nima uchun darslarida futbol oʻynamasliklarini soʻradi. Oʻqituvchi gʻazabini zoʻrgʻa tiyib, BIRINCHILAR ishlatiladigan halol va munosib sport turlarini afzal koʻrishini tushuntirdi. "BIRINCHILARSIZ oʻynaladigan oʻyinlar, — dedi u, — kommunistlarning uydirmasidir. BIRINCHILAR bilan harakat qilish — amerikaliklarga xos, IKKINCHILARNI ishga solish esa faqat Marks va Lenin taʼlimoti tarafdorlariga xosdir". BIRINCHILAR va IKKINCHILARNI toʻgʻri tartibda ayting.