Avstriyalik skripkachi-virtuoz Kreysler va Raxmaninov mashhur "Karnegi-xoll" zalida birga chiqish qilishdi. Skripkachi notasiz chalayotgan edi va xotirasi uni birinchi qismdayoq pand berdi. U notalarga qarab, kerakli taktni topish maqsadida Raxmaninovga yaqinroq keldi. Buni uddalay olmagach, Kreysler umidsizlik bilan: "Biz qayerda chalayapmiz?! Biz qayerda chalayapmiz?!" deb pichirladi. Vazmin Raxmaninov unga nima deb javob berdi?