Hurmatli bilimdonlar! Siz, albatta, qadimgi davrning buyuk astronomi Nikolay Kopernikni bilasiz. Astronom tasvirlangan qadimgi gravyuralarga diqqat bilan qarasangiz, uning qo‘lida bir dasta gul ushlab turganini ko‘rish mumkin. Bu gullar tabobat san’ati ramzi hisoblangan va unga shifokorlik xizmatlari e’tirofi sifatida taqdim etilgan. Bu katta bargli kichkina gulni greklar "vodiylar liliyasi" deb atashgan. Bu o‘simlikning barglari bilan xol-xol kiyikdan boshqa hech bir hayvon oziqlanmaydi, kiyik esa uni shirinlik deb biladi. Hurmatli bilimdonlar! O‘zingiz anglaganingizdek, biz sizdan gap qaysi gul haqida ketayotganini aytishingizni so‘raymiz.
Greklar bu gulni "vodiylar liliyasi" deb atab adashishgan. Katta bargli, oq ko‘ylak kiygan kichkina gul — bu marvaridgul (landish). U ham xol-xol kiyik kabi faqat soyali o‘rmonlarda yashaydi.