Aleksandr Soljenitsin quyidagi epizodni tasvirlaydi. Tasavvur qiling: Sibirning sovuq tongi, siyosiy mahbuslar lageri, qaygʻudan yuzi qoraygan mayor mahbuslar safi oldida Stalinning oʻlimi haqidagi xabarni oʻqib bermoqda. Yuzlardagi mamnun tabassumni koʻrgan mayor buyruq beradi: "Shapkalar yechilsin!". Mahbuslar ikkilanishadi: yechmaslik — xavfli, yechish — alamli. Shu payt mahbuslardan biri buyruqni bajarishning shunday yoʻlini topdiki, qolgan barcha mahbuslar ham katta mamnuniyat bilan uning ortidan buni takrorlashdi. U nima qilgan edi?