Andxra junglilarida (Hindistonda) Yanadi qabilasi yashaydi. Bu odamlar keltirilgan temir asboblar bilan bir qatorda qoʻlda yasalgan tosh qurollardan foydalanadilar, chorvachilik qilmaydilar, ovchilik va terimchilik bilan kun kechiradilar. Yanadi vaqti atrofdagi dunyo vaqtidan farq qiladi. Odamlar uchun osmon hamon soat vazifasini oʻtaydi, vaqt belgilari esa — Quyosh chiqishi, Quyosh botishi, Qutb yulduzi chiqishi... Zamonaviy dunyo ularga faqat bitta vaqt belgisini qoʻshdi. Qaysi birini?