Mifologiyaga koʻra, ishqiboz Zevs ov maʼbudasi Artemidaning hamrohi boʻlgan nimfa huzuriga Artemida qiyofasida keladi va nimfa bunga qarshilik koʻrsata olmaydi. Tez orada Gera nimfaning homiladorligini payqab, boʻlajak bolaning otasini aniqlaydi va nimfani ayiqqa aylantiradi, keyinchalik Artemida uni ov paytida oʻldiradi. Zevs unga boʻqiy hayot baxsh etadi va u hozirgacha barchamizga maʼlum. Uni doim qaysi sifatlovchi hamrohlik qiladi?
Katta. Ayiqqa aylantirilgan nimfa Katta Ayiq yulduz turkumiga aylangan.