Sizni har kim oʻziga yoqqan dam olish turini topa oladigan "sharshara boʻyidagi shahar"ga taklif qilaman. Meʼmorchilik ixlosmandlari Uspenskiy sobori, avliyo Nikolay sobori, Universitet, Gvardiya kazarmalaridan bahra olishlari mumkin. Rangtasvir ixlosmandlari Badiiy muzeyda Repin, Shishkin, Polenov, Benua, Somov, Shagal asarlarini koʻrishlari mumkin. Noyob kitob ixlosmandlari universitet kutubxonasiga tashrif buyurishlari mumkin, chunki Rossiya imperiyasi davrida u davlatning barcha bosma nashrlaridan majburiy nusxa olish huquqiga ega edi. Bunday huquqqa esa faqat Peterburgdagi Ommaviy kutubxona ega boʻlgan. Xullas, sizni ushbu shaharga taklif qilaman, pushaymon boʻlmaysiz. Aytgancha, u qanday ataladi?