BU qulay, foydali va sogʻlom. BUNI sayohatga maxsus olish shart emas. BUNDAN maqsadli foydalanadigan odam nafaqat foydali meʼyorga amal qiladi, balki parallel ravishda qirqqa yaqin hayotiy muhim nuqtalarni massaj qiladi. Baʼzi mamlakatlarda BU kelin-kuyovlarga ahillik va ajralmaslik ramzi sifatida sovgʻa qilinadi. Shifokorlarning ishonchi komilki, biz odatda ishlatadigan narsani emas, balki BUNI ertaroq ishlata boshlagan bolalar tezroq rivojlanadi. BUNI ayting.