Oʻz niyatini amalga oshirish uchun imperator Geliogabal eng qimmatbaho yogʻoch turlari bilan qoplangan, oltin va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan hashamatli minora qurishni buyurdi. Keyin oltin iplar va qizil ipakdan maxsus arqonlar buyurtma qildi. Yana u uchun sof oltindan qilich yasashdi. Shunga qaramay, Geliogabalga oʻz niyatini amalga oshirish nasib etmadi — uni fitnachilar pichoqlab oʻldirishdi va Tibrning iflos suvlariga tashlashdi. Geliogabal nimani shunchalik sinchiklab rejalashtirgan edi?