Uolter Nilning "Ambroz Birs hayoti" kitobidan parcha: "Doktor Oliver shifoxonani tekshirishga taklif qilindi. Shifokorlar uni yashirin g'urur bilan ko'rsatishdi. Nihoyat navbat grafiklar keldi, doktor ularni katta qiziqish bilan o'rganib chiqdi va qisqartmalar tizimiga alohida e'tibor qaratdi: SK-skarlatina, TB-tuberkulyoz, D-difteriya va hokazo. Grafiklar bo'yicha barcha kasalliklar to'liq nazorat ostida edi, faqat OBZ deb belgilanganidan tashqari. 'Ko'ryapmanki, — dedi mashhur doktor, — sizda katta OBZ epidemiyasi bor ekan. Bu belgi tibbiyot doiralarida uchramaydi...' Xo'sh, OBZ tashxisi nimani anglatardi?"