Deyarli barcha qushlarda patning yelpigʻichi oʻzakning oʻng va chap tomonida turlicha kenglikka ega. Tuyaqushda esa oʻzak patni ikki teng qismga boʻladi. Shu sababli qadimgi Misrda baʼzi muhim bitiklarda tuyaqush patlari tasvirlangan. Tuyaqush patlari aynan nimani ramziy ifodalagan?
ADOLAT (shuningdek, "Sudlov" va boshqa maʼnodosh javoblar qabul qilinadi)