gotquestions.online

Hikoyalardan birida Vatson oy yorugʻ boʻlgan kechada u va Xolms kalit teshigi orqali yoritilmagan xonadagi odamning yuzini koʻra olganliklarini taʼkidlaydi. U shuningdek, ushbu voqeaning aniq sanasini ham keltiradi. Ashaddiy sherlokshunoslar astronomik taqvimdan tekshirib koʻrishganda, bu kun toʻlin oydan bir hafta oldinga toʻgʻri kelishini aniqlashdi. Shuningdek, ular bunday sharoitda odam yuzini koʻrish uchun yarim oy yetarli emasligini ham tekshirishdi. Ular Vatsonning xotirasiga ham, uning haqgoʻyligiga ham putur yetkazmagan holda bu qarama-qarshilikni qanday hal qilishdi?

Manba