Aristotel BUNI kelajakda istaklarning amalga oshishi kafolati deb hisoblagan. Samuel Batler BUNI adabiyot va sanʼatning harakatlantiruvchi kuchi deb atagan, lord Bayron esa BUNI Alouddinning chirogʻiga oʻxshatgan. Somerset Moem BUNI dastlabki beshta sezgi mevalaridan bahramand boʻlish imkonini beruvchi oltinchi sezgi deb aytgan. Genri Ford BUNI qoʻl yoki oyoqqa oʻxshatgan: agar BUNDAN foydalanmasangiz, uni yoʻqotasiz. Bernard Shou esa BUNI dunyodagi eng muhim narsa deb hisoblagan. Bu nima?