Oʻz vaqtida qabul qilingan, bu tuygʻu organizmni yemiradi degan nazariya, aftidan, oʻzini oqlamayapti. Trir shahri olimlari uning insonga taʼsirini oʻrganib, bir qancha gʻalati xulosalar chiqarishdi. Ular siyosatchilar va sportchilar orasida qator tadqiqotlar oʻtkazib, bu tuygʻu organizm salomatligini yaxshilashga yordam berishini taʼkidlashdi. Bugungi kunda taraqqiyotni harakatlantiruvchi ushbu tuygʻuning samaradorligi ayollarda erkaklarnikiga qaraganda kamroq ekanligi isbotlangan. Olimlar hali ham miyaning aynan qaysi qismi bu tuygʻu uchun masʼul ekanini aniqlay olishmayapti. Uni nomlang.