Talabalar latifasi. Organik kimyo oʻqituvchisi doskaga glioksal deb ataluvchi moddaning hosil boʻlish reaksiyasini yozadi va bu reaksiya qanday kechishini soʻraydi. Talaba doskaga qarab, bir soʻz bilan javob beradi, bu soʻzdan reaksiyaning, umuman olganda, chidasa boʻladigan va qoniqarli darajada kechishini tushunish mumkin. Kimyodan uzoq boʻlganlar uchun shuni aytamizki, glioksal molekulasi tarkibiga uchta elementning har biridan ikkitadan atom kiradi. Doskada tasvirlangan glioksal formulasini yozing.