Mashhur romandan parchani tinglang va yozib oling: «Xafa boʻlmang, general, menga taʼsirliroq qilib aytib berishga ruxsat bering. Oʻzim eslayman, rahmatli otam ham joʻka daraxtlari ostida, bogʻchada, kechalari menga va onamga shunday kitoblarni ovoz chiqarib oʻqib berardi... Men oʻzim buni kerakli darajada baholay olaman. Xullas, bu yerdagi har bir oila faterga (otaga) toʻliq qaram va itoatda. Hamma hoʻkizdek ishlaydi va hamma yahudiylardek pul yigʻadi. Aytaylik, fater allaqachon maʼlum miqdorda gulden yigʻib qoʻygan va hunarni yoki yerini topshirish uchun katta oʻgʻliga umid qiladi; buning uchun qiziga mahr (sep) berishmaydi va u qari qiz boʻlib qolaveradi. Shu sababli kichik oʻgʻlini qullikka yoki askarlikka sotishadi va pulni oilaviy kapitalga qoʻshishadi. Toʻgʻrisi, bu yerda shunday qilinadi; men surishtirdim». Ushbu romanni ayting.