Jak-Iv Kusto ancha katta baliq — gruper o'z hududini qanday himoya qilishi haqida syujet olishni va shu bilan birga bir tajriba o'tkazishni rejalashtirdi. Tasvirga olish uchun hamma narsa tayyor bo'lganda, marjon rifidagi o'z uyidan gruper chiqib keldi. Begonalar uni har tomondan o'rab olishdi. U hujumga o'tdi va to'rttalasini birin-ketin yo'q qildi. Buning bilan to'xtab qolmay, u qoldiqlarni yeyishni boshladi... Ertasi kuni gruper, afsuski, qorni tepaga qarab suzib yurardi. Ushbu hikoyani tasvirlashda biz bir so'zdagi uchta harfni o'zgartirdik. Dastlabki so'zni yozing.