Qadimgi misrliklar uchun ular narigi dunyo bilan bogʻliq boʻlgan, Bibliyada harom deb atalgan, qadimgi rimliklar, slavyanlar va Shimoliy Amerika indeyslarida oʻlim darakchisi hisoblangan, atsteklar esa ularni yovuz ruhlar deb bilishgan. Biroq, Qadimgi Gretsiyada ular eʼzozlangan. Ularning tasvirlari maʼlum bir qiymatga ega edi. Ularning zamonaviy tasvirlarini barchangiz koʻrgansiz. Agar hozirgi kunda ham maʼlum toifadagi odamlar orasida shu fikr saqlanib qolgan boʻlsa, ular Qadimgi Gretsiyada nimaning ramzi hisoblangan?