Bir necha yil oldin “Yaskawa” kompaniyasi sovuq qurolni insondan kam boʻlmagan darajada ishlata oladigan robotni taqdim etdi. Bu robot yapon qilichi — katanani ishlatish uchun zarur boʻlgan barcha harakatlarni bajara oladi. Robotni inson bilan solishtirish uchun kompaniya katana ustasi Isao Machiini taklif qildi, ammo bunga qadar robotga yana bir harakatni oʻrgatdi. Bir soʻz bilan javob bering, qaysi harakatni?