Sovet davridagi bir koʻrsatuv uchun yozilgan "Paulsovskiy gimni" tarixi eng qisqa va qiziqarlidir. U ijro etilgandan soʻng, koʻrsatuv badiiy rahbarini katta teleboshliq huzuriga chaqirishdi. — U yerda nima aytyapsizlar? — Yaxshi qoʻshiq-ku, — eʼtiroz bildirdi Olga Borisovna. — Xalqlar doʻstligi haqida. — Naqarotida qanday soʻzlar bor? Badiiy rahbar shartli ravishda ikki qismga boʻlish mumkin boʻlgan naqarot soʻzlarini toʻxtalmay aytib berdi. Ikkinchi qism qoʻshilgan olmoshni hisobga olmaganda koʻrsatuvning nomi edi, birinchi qismdan esa amaldor gʻazablanib: "bu, uzr-u, infarkt-ku" dedi. Shundan soʻng qoʻshiq efirga uzatilmadi. Oʻsha koʻrsatuv qanday nomlangan edi?