Surgundan ozod qilingandan soʻng, dekabrist Volkonskiy chet elda boʻlganida mashhur doktor Valter qabuliga tushadi. Shifokor uning oyoqlarini zudlik bilan amputatsiya qilish kerakligini aytadi va operatsiyadan oldin bemorning oyoqlarini qoplagan koʻk va qizil chiziqlarni koʻrsatib, qiziga bu mudhish tashxisni asoslab beradi. Biroq, qizi otasini operatsiyasiz qutqarib qoladi. Qanday qilib?
Chiziqli paypoqlardan qolgan bu izlarni iliq suv bilan yuvib tashlaydi.