Bilimdonlarning aytishicha, umrining oxirlarida vegetarianlikka qiziqib qolgan Tomas Edison bir safar Rudolf Dizelni qadimda odamlar alkogol bilan tanish boʻlmaganiga ishontirmoqchi boʻlibdi. Dizel esa eʼtiroz bildirib, inson alkogol isteʼmol qilishni deyarli non bilan bir vaqtda boshlaganini aytgan. Edison: "Nima uchun siz: "DEYARLI bir vaqtda" dedingiz?" deb soʻragan. Dizel nima deb javob bergan?
Chunki donning bijgʻish jarayoni maʼlum vaqt talab etadi.