Diqqat, qora quti! Bir safar bir qirol oʻz masxaraboziga murojaat qildi: «Menga tushuntirib ber, nima uchun mening daromadlarim kamayib bormoqda?» Javob oʻrnida masxaraboz barcha saroy aʼyonlarini safga turgʻizdi, safning oxirgisiga hozir qora qutida turgan buyumni berdi va uni qoʻldan-qoʻlga oʻtkazib, qirolga yetkazishni soʻradi. Buyum nihoyat qirolning qoʻliga yetib kelganida, qirol nima uchun daromadlari kamayayotganini tushundi. Qora qutidagi buyum nima?