Koʻp yillar oldin bir aslzoda boyar Kuchka Stepan Ivanovichning qishlogʻida mehmon boʻlib, u yerlarning goʻzalligiga mahliyo boʻladi va boyarni oʻldirib, uning qizini oʻz oʻgʻliga nikohlab beradi va qishloqni oʻz mulkiga qoʻshib oladi. Qishloq oʻrnida shahar qurila boshlaydi va u yangi nom bilan bir qatorda uzoq vaqt Kuchkovo deb ham ataladi. Biz sizdan bu shahar hozir qanday nomlanishini soʻramaymiz, nonkoʻr mehmonning laqabini ayting.