«Bugun u juda bashang va muhim koʻringan uchta notanishni koʻrdi. Ularning yuzidan uni ancha vaqtdan beri kutayotganliklarini sezish mumkin edi. Qoʻllarida qandaydir oʻramlar bor edi. Men bunday toifadagi odamlarni bilardim, ular Penatlarda tez-tez boʻlishardi – bekorchi, boy-badavlat peterburgliklar. Ilya Efimovich mehmonlar tomon shoshib keladi, u ular nima olib kelganini koʻrishga sabrsizlanmoqda.» Korney Chukovskiy Penatlardagi odatiy muhitni – Repinlar uyi barcha xohlovchilar uchun ochiq boʻlgan kunni shunday tasvirlagan. Bu odamlar Repinning oldiga qanday maqsadda kelishgan?