Boltiqboʻyi fronti qoʻshinlari gitlerchilar mudofaasini yorib oʻtib, Boltiq dengiziga chiqqanida, front qoʻmondoni general Bagramyan bir shishaga dengiz suvidan toʻldirib, uni oʻrtoq Stalinga yetkazishni buyuradi. Chopar Moskvaga uchib borguncha, nemislar Qizil Armiyani avvalgi marralarga qaytarib tashlaydi. Bundan bexabar chopar shishani Stalinga: "General Bagramyan Boltiq suvidan yubordi", deb topshirganida, magʻlubiyatdan xabardor Stalin: "Yaxshi. Barakalla. Orqaga olib borib ayt: ...", deb javob beradi. Jumlani davom ettiring.