Qadimgi Rimda, xuddi Gretsiyadagidek, faqat jismoniy mehnat uchun haq toʻlangan. Oʻsha paytdagi tushunchalarga koʻra, aqliy mehnatni pul bilan baholab boʻlmas edi. Buning uchun haq toʻlash uyatli hisoblangan, shuning uchun mukofot sifatida sovgʻa berilgan. Keyinchalik artistlar, rassomlar va shifokorlar uni pul shaklida ham ola boshlashgan. Ozod fuqaroga aqliy mehnati uchun beriladigan faxriy inʼom qanday atalgan?