Gruziya boʻylab sayohat qilgan Aleksandr Dyuma Tiflisga keladi va kunlarning birida eng yirik kitob doʻkonlaridan biriga kiradi. Yozuvchi kelishidan bir kun oldin kitobfurush barcha javonlarni Dyumaning turli nashrlardagi va turli tillardagi kitoblari bilan toʻldirib tashlagan edi. Doʻkonga kirgan Dyuma hayron boʻlib, sotuvchidan: "Boshqa kitoblar qani?" deb soʻraydi. Dovdirab qolmagan sotuvchi yozuvchiga piching qilib nima deb javob bergan?