gotquestions.online

Zamonaviy ertakdan parchani tinglang: "- Bu yerga qanday kirib olding?! — deb baqirdi Qorongʻu Hukmdor. — Bu imkonsiz! Mening qoʻrgʻonimni minglab jangchilar qoʻriqlaydi, men uning atrofiga minglab tuzoqlar qoʻydim, eshiklarni minglab qulflar bilan berkitdim... Senda zarracha imkon yoʻq edi! — Boʻlmas edi, — deb bosh irgʻadi Qahramon, — agar bu jangchilar, qulflar va tuzoqlar SHUNDAY turganida. Sen esa ularni BUNDAY oʻrnatibsan". Qorongʻu Hukmdor maktabda oʻqimagan, siz esa oʻqigansiz, shuning uchun ayting: biz "SHUNDAY" va "BUNDAY" soʻzlari bilan qaysi soʻzlarni belgiladik?

Manba