"Ushbu ajoyib ventrologiya" deb nomlangan maqolada Berlin restoranlaridan birida sodir boʻlgan voqea tasvirlangan. Kam sonli mijozlar orasida iti bilan kelgan oʻrta yoshli erkak bor edi. Ular tushlik qilib, qizgʻin suhbat qurishardi. Yaqinroqda oʻtirgan ingliz hayratdan qotib qoldi. Axir it inson ovozida gapirayotgan edi! — Quloq soling, — dedi u itning egasiga, — uni menga soting. — Mayli, — deb javob berdi u, — roziman, lekin u qimmat turadi. Ammo belgilangan narx inglizni choʻchitib yubormadi va tezda kelishuv amalga oshdi. It yomonlikni sezib, uvillay boshladi. Ingliz unga boʻyinbogʻ taqib, olib ketmoqchi boʻlganida, u aniq qilib bitta qisqa jumlani aytdi. U yangi egasiga nima dedi?