Kaltakaytak katak yubka-kilt kiygan, tizzasigacha jun paypoq tortgan va belida charm hamyon-sporran taqqan erkakni ko‘rib, siz uni darhol shotlandiyalik ekanini bilasiz. Ammo Bosh gerold, Gerblar va klanlar oqsoqollari qo‘riqchisi, bundan tashqari, uning qaysi klanga mansubligini va urug‘ ismini ham xatosiz aytib beradi. U buni qanday uddalaydi?
Yubkadagi rangli iplar va kataklarning kombinatsiyasi har doim qaysi klanga tegishli ekanligini aniq ko‘rsatadi.