Oʻrta asr afsonalaridan birida oʻrmonda goʻzal qiz qiyofasidagi iblisni uchratgan ritsar haqida soʻz boradi. Ritsar shunchalik maftun boʻladiki, goʻzalga uylanish huquqi uchun oʻz jonini beradi. Shundan soʻng ritsarning qiyofasida qaytib boʻlmas oʻzgarish yuz beradi va har bir kishi bu gunohkorni boshqa odamlardan ajrata oladigan boʻladi. Ritsarda qanday oʻzgarish yuz bergan edi?