Latifa. Bir kuni L.I. Brejnev Rus muzeyini aylanib yurgan edi. Yurib-yurib, qadimiy ramkadagi bir tasvirga duch keldi va unga uzoq tikilib qoldi. Besh daqiqalik tomoshadan soʻng: — Bu nima oʻzi? — deb soʻradi. — Bu kvadrat, — deb pichirlashdi madaniyat arboblari orasidan. — Kvadrat... Nega unda Malevichni yomonlashadi? Shunday yaxshi rasm-ku! — dedi Leonid Ilyich. Ikki kundan keyin bu rasmni barcha xohlovchi sovet kishilari koʻrishi mumkin edi. Ushbu latifada biz qaysi soʻzlarni "Kvadrat" va "Malevich" soʻzlari bilan almashtirdik?