Karmani yaxshilash uchun Quyosh tizimidagi sayyoralardan biri va karma xudosi boshqaradigan aniq belgilangan kunda hadya keltirish kerak deb hisoblanadi. Bunda dushanba kuni oq kiyim, guruch va marvarid, yakshanba kuni esa rubin, qizil daraxt va sigirlar sovg'a qilinishi lozim. Hurmatli bilimdonlar! Hindlarning karma haqidagi ta'limotiga ko'ra, qolgan kunlarning birida, maxsus sayyora boshqaradigan kunda gullar va kumush bilan birga yana nima sovg'a qilinishi kerak?