Bir kuni toʻqqiz karra olimpiada chempioni, oʻzining nizosizligi va dushmanlari yoʻqligi bilan tanilgan Karl Lyuisdan soʻrashdi: — Nahotki sizning birorta ham dushmaningiz boʻlmasa? — Yoʻq, — deb javob berdi sportchi. — Toʻgʻrirogʻi, bitta bor edi. U tufayli men oʻn karra olimpiada chempioni boʻla olmadim. Bu dushman kim?