Kunlarning birida, egasi uyda yoʻqligida, Andrey Usachyov ertagining qahramoni — kichkina, ammo juda aqlli kuchukcha Sonya deraza tokchasida U bilan oʻtirib, koʻchani tomosha qilardi. "Borib aylanib kelay-chi", — deb xursand boʻldi Sonya. Qadam tashladi-yu... uchinchi qavatdan toʻgʻri gulzorga uchib tushdi. "Qiziq, — deb oʻyladi Sonya gulzordan chiqib. — Shekilli, men tushayotganimda U agʻdarilib ketgan...". U Sonyani qanday qilib chalgʻitganini anglagan holda, UNI nomlang.