Sanalar, raqamlar, istisno soʻzlar... Yodlash kabi unchalik yoqimli boʻlmagan ishni osonlashtirish uchun qadimdan mnemonik deb ataladigan maxsus usullar mavjud. Ularning mohiyati shundaki, mexanik yodlash qandaydir usul yordamida mazmunli yodlashga aylanadi. Baʼzi shunday "yodlatgichlar" bizga bolalikdan maʼlum. Masalan, kamalak ranglarini eslab qolish uchun rus tilida "Kajdiy oxotnik jelayet znat..." iborasi xizmat qiladi. Xoʻsh, "Chto ya znayu o krugax" (Doiralar haqida nimalarni bilaman) iborasi nima uchun kerak?