Eduard Mane oʻzining "Olimpiya" asari namoyish etilayotgan Salon ochilishiga ketayotganida, yoʻlda uchratgan bir necha tanishlari uning dengiz manzaralarini (peyzajlarini) qizgʻin maqtashadi. Mane buni ahmoqona hazil deb qabul qiladi — u hali dengiz manzaralarini chizmagan edi. Haqiqatan ham xatolik yuz bergan edi, lekin bu xato mutlaqo qonuniy edi. Xatoga nima sabab boʻlgan?